01:19 / 10.09.2015
8850

Apple 3D Touch boshqaruv sistemasiga ega bo‘lgan iPhone 6S va 6S Plus smartfonlarini taqdim etdi

Apple kompaniyasi yangi boshqaruv sistemasi bo‘lgan 3D Touch’ni qo‘llab-quvvatlaydigan iPhone 6S va 6S Plus smartfonlarini taqdim etdi.

3D Touch sistemasini Multitouch va Force Touch funksiyalarining rivojlangan ko‘rinishi bo‘lib, u 2015 yilning bahorida taqdim etilgan MacBook’da o‘rnatilgan edi.

3D Touch barmoq bosishi kuchini aniqlab, foydalanuvchiga biror bir belgini bosib turish orqali qo‘shimcha menyuni chaqirish imkonini beradi.

Undan o‘yin o‘ynash jarayonida ham foydalanish mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, Apple o‘z qurilmalari qatoriga yangi rang – Rose Gold’ni qo‘shdi. 2015 yilda taqdim etilgan smartfonlarning korpusi 2014 yilda chiqarilgan qurilmalarga nisbatan mustahkamroq qilib yasalgan.

Ovozli yordamchi bo‘lgan Siri endi istalgan vaqtda “Hey, Siri” komandasi orqali ishga tushiriladi.

iPhone 6S va 6S Plus’ga harakat datchiklari bilan birlashtirilgan yangi protsessor o‘rnatilgan.

Shuningdek Apple asosiy kamerani ham yangiladi. U endi tezlashtirilgan avtofokusga ega 12 Mp.li kameraga aylandi. Endi uning yordamida 4K formatidagi videolarni suratga olish mumkin.

Old kamera ham 5 Mp.ga o‘zgardi. Bundan tashqari, Apple Live Photo funksiyasi ham qo‘shdi. Uning yordamida surat olinishiga qadar bo‘lgan 1,5 soniya hamda surat olingandan keyingi 1,5 soniyani saqlab qoladi. Suratni uzoq vaqt bosib turish orqali ushbu videorolikni ko‘rish mumkin.

Top