Jahon | 07:52 / 10.09.2015
2196
2 daqiqa o‘qiladi

BMT: Suriyada kimyoviy qurol ishlab chiqariluvchi 4ta angar yo‘q qilindi

Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti Suriyada jangavor zaharlovchi moddalar ishlab chiqarishda ishlatiladigan angarlarning yarmi yo‘q qilinganini tasdiqladi. Bu haqda BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Xavfsizlik kengashiga yuborgan maktubida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

“Kimyoviy qurol ishlab chiqaruvchi 12ta obektning yo‘q qilinishi borasida Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti 7ta angardan 4tasi va yer osti inshootlarining yo‘q qilinganini tasdiqladi. Xavfsizlik sohasida mavjud vaziyatni e'tiborga olgan holda men qolgan 3ta angarning yo‘q qilinishida ham olg‘aga siljishlarni kutib qolaman”, deyilmoqda hujjatda.

Tashkilotning bosh direktori Ahmed Uzumjuning hisobotida Suriya hukumati yana bir angarning yo‘q qilingani haqida xabar berganini aniqlashtirib o‘tdi. Biroq inspeksiya “texnik ishlar sababli ushlanmoqda”. Qolgan ikki angarga xavfsizlik muammolari sababli kirib bo‘lmayapti.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish