22:58 / 10.09.2015
3397

Kaliforniya shtatida evtanaziyaga ruxsat berildi

AQShning Kaliforniya shtatida evtanaziya – davolab bo‘lmas kasallikdan aziyat chekuvchi og‘ir bemorning hayotini to‘xtatish amaliyotiga ruxsat berildi. Bu haqda Sky News nashri ma'lum qildi. 

Evtanaziya atrofidagi bahslar AQShdagi shaharlardan birida davolab bo‘lmas darajada saratondan aziyat chekuvchi ayol o‘z joniga qasd qilgandan keyin yana jonlanib ketdi. Evtanaziyaga ruxsat beruvchi qonun loyihasining tashabbuschilaridan biri Bil Monningning aytishicha, evtanaziyaga ruxsat berilishi kasal odamlarga ularning hayotining oxirgi kunlarining sifatini aniqlashga imkon beradi. Shtatning 43 senatori 34 ovozga qarshi qonun loyihasining qabul qilinishiga ovoz berdi.

Kaliforniyadan tashqari, evtanaziya o‘tkazishga Montana, Nyu-Mexiko, Oregon, Vermont va Vashington shtatlarida ham ruxsat berilgan.

Top