Sport | 19:29 / 10.09.2015
2263
1 daqiqa o‘qiladi

Lui van Gal: Marsyalni "MYu"ning mendan keyin keladigan murabbiyi uchun sotib oldik

"Manchester Yunayted" jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal yozgi transferlar darichasi yopilishi arafasida xarid qilingan 19 yoshli hujumchi Antoni Marsyal kelajakni nazarda tutgan holda olib kelinganini aytdi.

"Men Marsyalni o‘zim uchun xarid qilmadim. Men uni o‘zimdan keyin keladigan murabbiy uchun olib keldim. Keyingi murabbiy esa Rayan Giggz bo‘ladi.

Marsyal uchun juda ko‘p pul sarflandi. Lekin hozir zamon shunaqa.

Nevill va Skoulz tomonidan bildirilayotgan tanqidlar esa meni nihoyatda charchatdi. Jamoaga yangicha o‘yin uslubini singdirish uchun vaqt talab qilinadi. Ular buni bila turib meni ayblashmoqda", deydi gollandiyalik mutaxassis.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish