Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada kimyoviy moddalar ortilgan sisternalar temir yo‘l izlaridan chiqib ketdi
Meksika janubi-sharqidagi Verakrus shtatida 32 kishi temir yo‘ldagi avariya tufayli evakuatsiya qilindi. Shtat gubernatori Xaver Duartening ma'lum qilishicha, El-Koylito aholi punkti hududida yuk poyezdining to‘rtta sisternasi temir yo‘l izidan chiqib ketgan, ularning uchtasi portlagan.
Mintaqa rahbarining so‘zlariga qaraganda, hodisa joyida 230 nafar jamoat xavfsizligi vazirligi xodimi va bir necha o‘n harbiy ish olib bormoqda.
To‘rt sisternaning biriga etilen oksidi quyilgan bo‘lsa, uchtasida mazut olib ketilayotgan bo‘lgan. Ulardagi barcha mahsulotlar to‘liq yonib ketgan, deya xabar bermoqda Universal nashri. Hodisadan hech kim jabr ko‘rmagan.
Yong‘indan so‘ng uning sabablari mazsus tuzilmalar mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi, evakuatsiya qilingan aholi ham o‘z uylariga qaytariladi.