12:32 / 10.09.2015
3018

Oltinko‘lda valyuta savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxs qo‘lga olindi

Oltinko‘lda valyuta savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda. Omadbek Abdurahimov ilgari ham shu jinoyat uchun sudlangan va ma'muriy jazoga tortilgan edi.

Bu safar u tuman dehqon bozorida valyuta savdosi bilan shug‘ullanayotganida qo‘lga olindi.
Uning yonidan 250 AQSh dollari, 2 900 rubl va 11 mln so‘m chiqdi. Bu pullar ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.

Top