Jahon | 08:45 / 10.09.2015
6117
2 daqiqa o‘qiladi

Ostonada qo‘shmachi o‘z singlisini yollamoqchi bo‘ldi

fohishalikka jalb qilmoqchi bo‘ldi, u ko‘nmagach esa ikki kunga uyga qamab qo‘ydi. Nur.kz saytining xabar bershicha, ayol singlisiga ovqat bermagan va kaltaklab turgan.
Aytilishicha, Jayna ismli 21 yoshli qiz Ostonaga 2011 yili kelib, yuridik fakultetga hujjat topshirgan. O‘qishga kirgach, opasining uyida yashay boshlagan. Opasi qo‘shmachilik bilan shug‘ullanishi esa bilmagan.

Jayna universitetni tamomlab, diplom olgan. Bundan tashqari, u farzand ko‘rgan, lekin bolaning otasi ketib qolgan. Mana shu vaziyatda opasi unga fohishalik bilan shug‘ullanishni taklif qilgan.
Jayna opasiga rad javobini bergan, diplomi bo‘yicha ishlamoqchi ekanligini aytgan. Bunga javoban opasi unga nisbatan yuqorida aytilganidek chora ko‘rgan.
Ikki kundan so‘ng Jayna opasidan ko‘chaga chiqib kelishga ruxsat olgan. Unga ishonmagan qo‘shmachi qizga qorovul sifatida o‘z yigitini biriktirib qo‘ygan.
Ko‘chada Jayna yigitdan qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan, bunda unga yo‘l ta'mirlovchi ustalar yordam bergan.

Qiz darhol tegishli tashkilotlarga shikoyat qilgan. Ammo uning onasi ovuldan yetib kelib, katta qizining tarafini olgan, natijada Jayna arizasini qaytarib olishga majbur bo‘lgan.
Qiz “Ko‘mak” odam savdosi qurbonlarining vaqtinchalik yashash joyiga olib borilgan. Keyinroq u o‘z ovuliga qaytib ketgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish