19:53 / 10.09.2015
2724

Pike: Men "Real" va "Yuventus" o‘yinini Buffonning libosini kiygan holda tomosha qilgandim

"Barselona" jamoasi himoyachisi Jyerar Pike Ispaniya terma jamoasi muxlislarining o‘ziga nisbatan hushtak chalishiga munosabatini bildirib o‘tdi.

"Men baxtliman va hayotga yaxshi nigoh bilan qarayman. Masalan, kecha qo‘ziqorin terish uchun dalaga bordim va uch savat qo‘ziqorin terib oldim.

O‘ylaymanki, terma jamoa o‘yinida muxlislarning menga hushtak chalishi "Barselona" va "Real" o‘rtasidagi raqobat bilan bog‘liq. Makedoniya bilan bo‘lgan o‘yin oldidan Serxio Ramos meni himoya qildi. Ayni vaqtda u bilan munosabatlarimiz har qachongidan ham yaxshiroq.

Muxlislarning nafrati esa mendan ham ko‘ra terma jamoaga ko‘proq salbiy ta'sir o‘tkazmoqda. Ammo muxlislarning o‘zi shuni istashmoqda. Ular bilganlaricha harakat qililga haqlidirlar. Men esa bunga gap bilan emas, faqat o‘yinim bilan nuqta qo‘ya olishim mumkin. Men hamisha Ispaniya terma jamoasi uchun bor kuchim bilan o‘ynaganman.

Aytgan gaplarim uchun afsuslanmayman. Men "Yuventus" va "Real" o‘rtasidagi o‘yinni Buffonning futbolkasini kiygan holda tomosha qilganman va madridliklar yutqazishini juda istaganman. Men shundayman va shundayligimcha qolaman. "Real" va "Atletiko" o‘rtasidagi o‘yin oldidan esa Kasilyasga "Umid qilamanki to‘rtta gol o‘tkazib yuborasan", - degan edim. O‘shanda aytganimdek bo‘lgan, biz o‘sha voqeani kulgu bilan eslaymiz.

Men o‘zimni oqlamoqchi emasman, chunki hech qanday yomon ish qilganim yo‘q. Agarda Kataloniya va Ispaniya haqida hazil qilsam, bu ish yaxshi bo‘lmas edi. Ammo mening barcha hazillarim "Barselona" va "Real" qarama qarshiligiga qaratilgan va men hech kimni haqorat qilganim yo‘q.
«Santyago Bernabeu»dagi muxlislar «Barselona» futbolchilariga hushtak chalganida, bu men uchun xuddi simfoniyadek yangraydi. Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatimni esa yakunlashni hayolimga ham keltirganim yo‘q", - deydi Pike.

Top