Sport | 06:59 / 10.09.2015
1737
1 daqiqa o‘qiladi

PSJ suriyalik qochqinlar uchun yordam sifatida 1 mln yevro ajratadi

PSJ rahbriyati Yevropa hududiga borishga majbur bo‘layotgan suriyalik qochqinlar uchun 1 mln yevro mablag‘ni yordam sifatida ajratishini ma'lum qildi. Bu haqda jamoaning rasmiy saytida xabar berilgan.

Bundan oldinroq, "Bavariya", "Real" hamda "Portu" jamoalari qochqinlar muammosiga e'tibor qaratib, ular uchun ko‘mak berishlarini ma'lum qilishgandi.

Shuningdek, UYeFA ham YeChL va Yevropa kubogida ishtirok etayotgan jamoalarni muhojirlar uchun yordam ko‘rsatishga chaqirgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish