Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda 2016 yilda mehmonxona-poyezd ishga tushiriladi
2016 yilda Qozog‘istonda mehmonxona ko‘rinishidagi poyezd ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Mehmonxona-poyezd Ostonaga tashrif buyurgan holda Xo‘rgo‘s-Olma-ota-Taroz-Chimkent-Turkiston-Qizilo‘rda-Boyqo‘ng‘ir yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadi.
Ushbu loyiha tashabbuschisi sifatida “Turon Ekspress” temir yo‘l yo‘lovchi kompaniyasi chiqmoqda.
Tashabbuschilar bu loyihaning muvaffaqiyatli bo‘lishiga shubha qilishmayapti. Kompaniya 2013 yilda Olma-ota-Olako‘l ko‘li-Do‘stiq yo‘nalishi bo‘yicha sayyohlik poyezdlarini ishga tushirgan edi. Bu sayyohlik yo‘nalishlariga talab yuqori bo‘lgan.
Shuningdek, kompaniya o‘z tashishlari geografiyasi va xizmat turlari ko‘lamini kengaytirishga qaror qildi. Xususan, loyihada Qozog‘iston va Markaziy Osiyoning tarixiy va madaniy diqqatga sazovor joylari bo‘ylab «Grand de Lyuks», yotoq vagonlari, kupe va boshqa vagonlardan tashkil topgan poyezdlarda sayr qilish ko‘zda tutilgan.
Loyiha tashabbuschisi soliq imtiyozlari, tashishlarni subsidiyalash va imtiyozli kreditlash borasida davlat ko‘mak berishiga umid bildirmoqda.
O‘z navbatida Qozog‘iston investitsiyalar va rivojlanish vazirligida yaqin orada davlat ko‘magi choralari, jumladan rivojlantirish institutlari tomonidan, taqdim qilinishi imkoniyati ko‘rib chiqilishi ma'lum qilindi.
“Bundan safarlar, ayniqsa “Ipak yo‘li” doirasida, ta'til kunlarida maktab o‘quvchilariga foydali bo‘ladi. Bu o‘z xalqi tarixi va madaniyati haqida qo‘shimcha ma'lumot olish va bolalar yozgi hordig‘ini tashkillashtirish masalasining hal qilinishidir”, deb aytdi vazir Asat Isekeshev.