Jahon | 16:06 / 10.09.2015
6397
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonlik milliarder Bodrumga 140 mln yevrolik ulkan yaxtada keldi

8 sentabr kuni Turkiyaning Bodrum shahridagi mashhur Yalikavak bandargohida qozog‘istonlik milliarder Alijan Ibragimovga tegishli 101 metrli ulkan IDYNASTY yaxtasi ko‘rinish bergan.

Ibragimov Bodrumga o‘zining Egey dengizi bo‘ylab sayohati doirasida kelgan, deya yozmoqda Gursesintour portali.

Xabar qilinishicha, milliarder Bodrumga o‘z turmush o‘rtog‘i bilan tug‘ilgan kunini tur kurortida nishonlash uchun atayin Mikanos grek orolidan o‘tib kelgan.

Ma'lumot o‘rnida, “Forbs” nashri xabariga ko‘ra, Ibragimov Qozog‘istonning eng badavlat oilalaridan biri bo‘lib, uning boyligi 2,2 milliard dollarga baholangan. Ayni paytda u “Yevrosiyo banki" va Eurasian National Resources Corporation kompaniyasiga egalik qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish