Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: Rossiya Suriyadagi harbiy operatsiyalarda ishtirok etmoqda
Rossiya qo‘shinlari Suriyadagi harbiy operatsiyalarda ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda uchta livanlik manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Agentlik manbalaridan birinchisi Rossiya harbiylarining asosiy qismi hali joylarga yetib kelmaganini aytdi.
Bu orada boshqa manba bir qancha miqdorda Rossiya harbiylari Suriyadagi voqealarda ishtirok etayotgani, biroq hali terrorchilikka qarshi asosiy kurashga qo‘shilmaganini iddao qilmoqda.
Uchinchi manba esa rossiyaliklar harbiy operatsiyalarda bevosita ishtirok etayotganini aytdi.
Avvalroq Reuters’ning AQSh qurolli kuchlaridagi manbalari Rossiya Suriyaga ikkita desant kemasi va qo‘shimcha aviakema yuborganini ma'lum qilgan edi. AQShlik harbiylar Rossiya qurolli kuchlarining Suriyadagi asl maqsadlarini bilmasliklarini aytmoqdalar. Taxminlardan biriga ko‘ra, ularning vazifasi hukumat qo‘shinlari tomonidan nazorat qilinuvchi Latakiya port shahri yaqinida uchish-qo‘nish polosasini tayyorlashdan iborat.