O‘zbekiston | 16:51 / 10.09.2015
3698
2 daqiqa o‘qiladi

Shanxayda Alisher Navoiy haykali o‘rnatiladi

Xitoyning Shanxay shahrida o‘zbek adabiyotining buyuk namoyondasi va davlat arbobi Alisher Navoiy haykali o‘rnatiladi. Bu haqda Shanxay Universitetining O‘zbekiston ta'lim va tadqiqotlar sohasidagi almashinuv markazi direktori Yao Simin ma'lum qilgan.

«O‘zbek shoiri va davlat arbobi Alisher Navoiy haykalining universitetimiz hududida joylashtirilishi bo‘yicha ko‘tarilgan masala yakuniy bosqichga keldi», — deya ta'kidlab o‘tdi Yao Simin.

Uning qayd etishicha, 2013 yilda O‘zbekistonda ta'lim va tadqiqotlar sohasidagi almashinuv markazining tashkil etilishi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda muhim omil bo‘ldi.

«Bundan tashqari, biz boshqa institut va universitetlar bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz», — deya ta'kidlab o‘tdi Xitoy oliy o‘quv yurti rahbari.

Oldinroq, joriy yilning kuzida Shanxay xalqaro tadqiqotlar universitetida o‘zbek tili kafedrasi tashkil qilinishi borasida xabarlar tarqalgandi.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, shu kunga qadar Alisher Navoiy uchun Moskva, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Tokio va Boku shaharlarida yodgorlik o‘rnatilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish