Jamiyat | 08:22 / 10.09.2015
2684
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Yevropa bo‘yicha Finlyandiyada yoshi 60dan oshgan odamlar eng yomon ahvolda yashashi aniqlandi

Finlyandiya yoshi 60dan oshgan odamlar uchun turmush sifati bo‘yicha Shimoliy Yevropaning qolgan davlatlaridan ortda qolmoqda, deb ma'lum qilinmoqda BMT ko‘magidagi HelpAge International xalqaro xayriya tashkiloti tomonidan tuzilgan Global AgeWatch Index 2015 reytingida

Reyting 13ta ko‘rsatkich bo‘yicha tuzildi, ularga keksa yoshdagilarning turmush sharoitlari va salomatligi holati kabi ko‘rsatkichlar kirdi.

Keksa yoshdagilar uchun eng yaxshi uchta davlat Shveytsariya, Norvegiya va Shvetsiya bo‘ldi.

Bu borada MDH davlatlaridan Belarus 64-o‘ringa, Rossiya esa 65-o‘ringa munosib deb topildi. AQSh yuqori o‘ntalikning 9-o‘rnidan, Ukraina esa 73-o‘rnidan joy egalladi.

96ta davlatdan keksalar uchun eng yomon davlat deb Afg‘oniston topildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish