18:20 / 10.09.2015
3603

Ukraina Suriyaga parvoz qiluvchi har qanday Rossiya samolyoti uchun havo kengliklarini yopdi

Ukraina hukumati Suriyaga parvoz qiluvchi Rossiya samolyotlari uchun mamlakat osmonini yopish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda TASS.

“Men ertalab “Ukraeroruxu”ga Suriyaga uchayotgan har qanday Rossiya samolyotgani ustidan nazoratni kuchaytirish vazifasini topshirdim. Hozir Ukraina ustidagi havo kengliklari butunlay yopiq. Neytral suv hududlari ustidagi havo kengliklari qat'iy nazorat qilinmoqda”, – dedi bosh vazir Arseniy Yatsenyuk.

Top