12:31 / 10.09.2015
2327

Urganchda metall quvurlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Urganchda mustaqillik bayrami arafasida «METAL SILVER STAR» MChJ korxonasi faoliyat boshladi, deb yozmoqda «Pravda Vostoka» gazetasi.

Korxona metall quvurlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, shuningdek turli xil diametrdagi profillar ham tayyorlanadi.

Mazkur korxona yiliga 12 000 tonna mahsulot ishlab chiqarishga quvvatiga ega. MChJ yangi ish o‘rinlarining 16 nafarini kasb-hunar kollej bitiruvchilari egallashgan.

Manbaning yozishicha, bu yerda tez orada zamonaviy velosipedlar va sig‘imi 200 tonnani tashkil qiluvchi muzlatkich kameralari ishlab chiqarilishi ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Top