Jamiyat | 16:17 / 10.09.2015
5074
1 daqiqa o‘qiladi

Vatikan: Rim papasi Putin bilan faqat u kech qolmagan taqdirda uchrashadi

Rim papasining Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan sentabrda o‘tadigan BMT Bosh assambleyasi sessiyasi doirasidagi uchrashuvi faqat bir shart bilan o‘tkazilishi mumkin: agar Putin uchrashuvga kech qolmasa.

O‘tgan safar Rossiya rahbari papani 70 daqiqa kuttirgan edi.
Bu haqda Vatikan vakiliga tayangan holda The New York Times nashri xabar berdi.
Diplomatik reglamentga ko‘ra, papa BMT Xavfsizlik kengashida raislik qilayotgan davlat rahbari bilan uchrashadi. Sentyabr oyida Rossiya raislik qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish