15:01 / 10.09.2015
1978

XXR iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar hajmi 8 oy ichida 9.2 foizga o‘sdi

Xitoy iqtisodiyotiga kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmi oxirgi 8 oy ichida 85.34 mlrd dollarni tashkil qildi. XXR tijorat vazirligi tarqatgan hisobotga ko‘ra, bu 2014 yilning shu davri ko‘rsatkichlaridan 9.2 foizga ko‘proqdir.

Ta'kidlanishicha, avgust oyining o‘zida bu boradagi o‘sish 22 foizga o‘sib, 8.71 mlrd dollarga yetgan.
2015 yilning yanvaridan Xitoy iqtisodiyoti bir qator sezilarli zarbalarga uchrab, mamlakatda fond birjalar tushkunligi va YaIM o‘sishining sekinlashi kuzatildi. Shunga qaramay, hisobotdan ma'lum bo‘lishicha, investitsiyalar hajmi o‘sishda davom etmoqda, bu esa xorijiy investorlarning Xitoy iqtisodiyotiga bo‘lgan ishonchi yo‘qolmaganligidan dalolat beradi.

Mamlakatning moliyaviy regulyatorlari vaziyatni o‘nglash uchun iqtisodiyotga 236 mlrd dollar kiritishlariga to‘g‘ri keldi.

Top