Jahon | 18:11 / 10.09.2015
2270
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada jala tufayli o‘nlab odamlar yaralandi, 8 kishi dom-daraksiz ketdi

Yaponiyada davom etayotgan jala oqibatida kamida 8 kishi dom-daraksiz yo‘qoldi, 20 kishi jarohat oldi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

Yaponiya metereologiya boshqarmasi ma'lumotlariga qaraganda, Totigi prefekturasida 1 kishi, Ibaraki prefekturasida 7 kishi yo‘qolgan. Totigi, Ibaraki, Saytame va Sidzuoke prefekturalarida jami 20 kishi jarohatlangan.

Qutqaruvchilar Dzyoso shahrida operatsiya olib bormoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish