Jahon | 19:11 / 10.09.2015
3466
2 daqiqa o‘qiladi

“Kalashnikov” konserni Rossiyada “Kalashnikov” brendini ro‘yxatdan o‘tkazdi

“Kalashnikov” konserni Rossiyada o‘zining tovar belgilari – “Kalashnikov” va “Kalashnikov”ni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda konserning matbuot-bayonotida aytildi. 

“Kalashnikov/Kalashnikov” tovar belgilarining Rossiya hududida ro‘yxatdan o‘tkazilishi bizning korxona uchun davlatimizda ham, xorijda ham afsonaviy qurol brendini birlashtirish va himoya qilishga xizmat qiluvchi tarixiy voqea bo‘ldi”, deb aytdi “Kalashnikov” konserni bosh direktori Aleksey Krivoruchko.

Krivoruchkoning aytishicha, kompaniya o‘z tovar belgisini xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini boshladi. Kompaniya rus brendidan noqonuniy foydalanuvchi noinsof tadbirkorlar bilan kurashmoqchi.

“Jahonga mashhur brendlar kabi qaroqchilar shak-shubhasiz “Kalashnikov” markasining mashhurligidan noqonuniy foyda ko‘rish maqsadida va shu bilan birga brend nufuziga ziyon yetkazib va oxir-oqibat uning nufuzini tushirib foydalanishga urinadilar. Biroq endi “Kalashnikov” konserni noqonuniy mahsulotlarga qarshi huquqiy choralar ko‘rishda barcha rasmiy asoslarga ega bo‘ldi”, deb aytdi korporativ imijni boshqarish masalalari bo‘yicha ekspert Patrik Jyepson.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish