Sport | 23:50 / 10.09.2015
2633
1 daqiqa o‘qiladi

“Real Madrid” FIFA 16 simulyatorining eng kuchli jamoasi bo‘ldi

Mashhur FIFA simulyatorining yaratuvchilari “Real Madrid” klubini videoo‘yinning yangi versiyadagi eng kuchli jamoa sifatida baholashdi. “Real Madrid” klubining umumiy reytingi 82,31 ballni tashkil qilgan bo‘lsa, “Barselona” 81,66 natijasini qayd etdi.
Ushbu ko‘rsatkichlar klubda to‘p surayotgan futbolchilarning o‘rta hisobdagi natijalari hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, “madridliklar”ning 7 nafar futbolchisi: Krishtianu Ronaldu (93), Xames Rodriges, Toni Kroos, Luka Modrich, Serxio Ramos va Garet Beyl (barchasi – 87) hamda Karim Benzema (86) simulyatorning eng kuchli 50 o‘yinchisi qatoridan joy egalladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish