Jahon | 09:46 / 11.09.2015
3730
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yili Turkmanistonda 18 mlrd dollarga 220 yangi obekt quriladi

2016 yili Turkmanistonda 18 mlrd dollarga 220 yangi obekt quriladi. Bu haqda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat oqsoqollari kengashi chog‘ida aytib o‘tdi.

Ta'kidlanishicha, gap yirik ishlab chiqarish obektlari haqida ketmoqda. Xususan, Sharq-G‘arb gaz magistrali qurilishi ishlari yanada jadalroq olib boriladi.
Mamlakatni 2030 yilga qadar industrial rivojlantirish dasturi qabul qilingan bo‘lib, qurilish ishlari mana dastur asosida amalga oshiriladi.

Turkmaniston davlat axborot agentligining xabar qilishicha, Berdimuhamedov, shuningdek, Majlisga, hukumat raisi o‘rinbosarlariga, qishloq xo‘jaligi vazirligiga va hokimlarga bir oy muddat ichida mamlakat ma'muriy-hududiy tuzilmasini takomillashtirish borasida takliflar kiritishga ko‘rsatma berdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish