Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerika OAVlari: Rossiya Suriyaga Latakiyadagi aviabazadan yer usti nishonlariga zarba beruvchi aviatsiya yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
AQSh Mudofaa vazirligi so‘nggi vaqtlarda Rossiyaning "An-124" og‘ir transport samolyotlari yetti marotaba Suriyaning Latakiya shahriga reyslar tashkil etganini qayd etdi, deya xabar bermoqda Fox News Amerika hukumat tuzilmalariga asoslangan holda.
Ta'kidlanishicha, Suriyada Rossiya harbiylari mavjudligi hozirda “mislsiz” tarzda bo‘lib, “ular haqiqatdan ham kengayib bormoqda”.
Amerikadagi yuqori lavozimli axborot manbasiga asoslanib The Chicago Tribune nashrining xabar berishicha, Latakiyada ayni paytda Rossiya harbiy aviatsiyasi joylashtirilishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida mahalliy aeroport aviabazasiga zarur harbiy texnikalar va sistemalar tashib borilmoqda. Bu yerda gap havo harakatini boshqarish uchun minoralar, harbiy samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatishni ta'minlovchi zaxiralar, shuningdek, yuzlab harbiy xodimlarning yashashi uchun modul uylar haqida ketmoqda.
AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati va Amerika razvedka xizmatlari olingan ma'lumotlar asosida Rossiya Suriyaga Latakiyada tashkil etilayotgan aviabazadan yer usti nishonlari bo‘ylab zarba berish uchun harbiy aviatsiya yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, degan xulosaga keldi, deya xabar bermoqda The Chicago Tribune.
Amerika razvedka xizmatlari Rossiya yaqin haftalarda Suriyaning Latakiya shahrida joylashgan aeroportga Su-25 hujumchi samolyotlari va Mig-31 tutuvchilarini joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rayotganini tasdiqladi.
Fox News telekanali axborot manbasi, shuningdek, Suriyaning Tartus bandargohidagi dengiz floti kemalarini moddiy-texnik ta'minlash punktida so‘nggi bir necha kundan buyon bronotexnika bilan to‘ldirilgan Rossiyaning ikkita tank-desant kemasi turgani haqidagi ma'lumotlarni tasdiqlagan.