Jahon | 07:15 / 11.09.2015
2417
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda demokratlar Eron yadroviy kelishuviga qarshi rezolyutsiyani to‘sib qo‘yishdi

AQSh Demokratik partiyasi AQSh senatida Eron yadroviy kelishuviga qarshi respublikachilar rezolyutsiyasini to‘sib qo‘ydi. Bu haqda Bloomberg agentligi ma'lum qildi.

Respublikachilar partiyasidan senatorlik qiluvchi Jon Kornin keyingi haftada kun tartibiga ko‘ra, senat Eron yadroviy kelishuvini “demokratlar yaxshilab o‘ylab ko‘rishlari” uchun yana muhokama qilishni davom ettirishini ta'kidlab o‘tdi. O‘z navbatida demokrat-senator Dik Durbin yana bir ovoz berish Eron kelishuvi bo‘yicha baribir foyda bermasligini ta'kidlab o‘tdi.

AQSh prezidenti Barak Obama bir necha bor senatorlarni kelishuv shartlarini ma'qullashga chaqirgan edi, aks holda, uning fikricha, Tehron yadroviy dasturini amalga oshirishni tezlashtirib yuborishi mumkin. Ko‘pchilik “kelishuv bilan urush” o‘rtasida tanlashni bema'nilik deb hisoblaganlari uchun bu kelishuvga qarshi chiqmoqdalar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish