Jahon | 18:29 / 11.09.2015
5875
3 daqiqa o‘qiladi

AQShlik general: Suriyada AQSh va Rossiya o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelishi mumkin

AQSh tomonidan IShIDga qarshi kurashda boshqa davlatlar bilan aloqalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha mas'ul, iste'fodagi general Jon Allenning ta'kidlashicha, Suriya hududida AQSh rahbarlik qilayotgan koalitsiya va Rossiya o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda general payshanba kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Mazkur holatda AQSh boshchiligidagi koalitsiya Bashar Asad tuzumiga qarshi o‘laroq, muxolifat kuchlarini tayyorlash orqali IShID ustidan g‘alaba qozonishni rejalashtirgan. Ayni vaqtda Rossiya Bashar Asad hukumatini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuning uchun ham ikki qarama qarshi manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelmoqda.

General Allanning aytishicha, Suriyada hozirga qadar hukumat qo‘shini va AQSh va Yevropa qo‘llab-quvvatlayotgan muxolifat o‘rtasidagi to‘qnashuvlar natijasida halok bo‘lgan 10 minglab insonlar uchun Bashar Asad aybdor. AQSh vakili Asadning harbiy jihatdan Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi esa hududdagi inqirozni chuqurlashtirayotganini ta'kidlab o‘tgan.

Shunga qaramay, general Pentagon tomonidan dastlabki vaqtlarda Suriya muxolifat kuchlarini IShIDga qarshi kurash uchun tayyorlash rejalashtirgan edi. Shu maqsadda muxolifatning 12 ming askari tayyorlanishi va uning uchun 500 mln dollar ajratilishi kerak edi. Amerika 54 nafar odamni tayyorlagan bo‘lib, ular ham o‘quvdan so‘ng to‘qnashuvlar yuz berayotgan hududda o‘g‘irlab ketilgan yoki harbiy harakatlar yuz berayotgan joydan qochib ketgan.

O‘z navbatida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rossiyalik harbiylarning ko‘p yillardan buyon Suriyada hududida faoliyat yuritishi va ular asosan texnik jihatdan hukumat armiyasiga ko‘mak berayotganini ta'kidlagan.

Rossiya Suriyaga kelishuvga ko‘ra harbiy texnika yetkazib bergani va kelgusida ham o‘zining xalqaro huquq normalari va kelishuvlar doirasida harakat qilishini aytib o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish