08:49 / 11.09.2015
2364

Armanistonda 45 bola xot-dogdan zaharlandi

Armanistonning Ararat viloyatida maktab o‘quvchilarining ommaviy zaharlanishi sodir bo‘ldi. Bu haqda respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Bagramyam qishlog‘ida bir qancha maktab o‘quvchilari shifokorlarga chanqoq, bosh aylanishi, et uvishishi, umumiy holsizlik va qorindagi og‘riqlar bilan murojaat qilishgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 45 nafar o‘quvchi jabrlangan.

Bolalar o‘zlarini maktab oshxonasida sosiskali xot-dog yeganlaridan so‘ng yomon his eta boshlaganini ma'lum qilishgan.
Ayni paytda 43 o‘quvchi shifoxonaga yotqizilgan.

Top