17:58 / 11.09.2015
2641

Brent toifasidagi bir barrel neft narxi 48,8 dollarga tushdi

11 sentabr kungi savdolar davomida neft narxi pasaydi. Bu haqida Bloomberg agentligi xabar berdi.

Brent turidagi neft narxi ertalabki savdolar yakuni bo‘yicha 0,08 sentga (0,16 foiz) pasaygan va bir barreli 48,81 dollarni tashkil etgan. Payshanba kungi savdolar yakunida 1,31 (2,75 foiz) dollarga ko‘tarilgan va 48,89 dollarni tashkil etgan edi.

WTI turidagi neft narxi esa Nyu-York tovar birjasi savdolari doirasida 0,25 sentga (0,54 foiz) pasaygan va bir barreli 45,67 dollarni tashkil etgan.

Hafta boshidan buyon Brent 1,6 foizga, WTI esa 0,8 foizga arzonlashgan.

Neft narxining beqarorligiga Eron atrofidagi voqealar, AQShdagi yoqilg‘i zahirasi kabi omillar sabab bo‘layotgani aytilgan.

Top