Jahon | 10:46 / 11.09.2015
2090
1 daqiqa o‘qiladi

Tsipras Gretsiya bosh vaziri lavozimiga qaytishga va'da berdi

Gretsiyaning sobiq bosh vaziri, SIRIZA partiyasi yetakchisi Aleksandr Tsipras keyingi yilning yanvar oyida bo‘ladigan navbatdan tashqari parlament saylovlarida 2ta ko‘proq deputatlik o‘rni uning g‘alabasini ta'minlashi va yana bosh vazir bo‘lishiga yo‘l berishi haqida aytib o‘tdi.

"Biz ko‘p narsa so‘ramaymiz. Bizga yana 2ta deputatlik o‘rni kifoya", deydi Tsipras Gretsiyaning shimoli-g‘arbidagi Yanina shahrida saylovchilar bilan uchrashuvi vaqtida.

Tsiprasning qo‘shimcha qilishicha, u o‘z o‘rnini vaqtinchalik tark etgan va yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlardan keyin yana bu lavozimga qaytadi hamda "vatanni oyoqqa turg‘azish" ustida ishlashda davom etadi.

Biroz oldinroq, Tsipras so‘l radikal ruhdagi SIRIZA partiyasining saylovoldi dasturini taqdim etgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish