09:14 / 11.09.2015
2423

Eron boyitilgan uran zaxiralarini qanday kamaytirishi borasida bir qarorga kelgani yo‘q

Eron hukumati boyitilgan uran zaxiralarini qanday kamaytirishi borasida hozircha bir qarorga kelgani yo‘q. AP agentligining xabar qilishicha, bu haqda Eronning MAGATEdagi doimiy vakili Rizo Najafiy ma'lumot bergan.

Najafiy zaxiralarni kamaytirishning yo‘llaridan biri uni Rossiyaga eksport qilishdan iborat ekanligini ta'kidlagan. Yana bir yo‘li sifatida uni boyitilmagan shaklga qaytarish tilga olingan. Eslatib o‘tamiz, 14 iyul kuni Venada Eron va vositalar oltiligi o‘rtasida Tehron yadroviy dasturi borasida kelishuvga erishildi.

Eron plutoniy ishlab chiqarmaslik va 15 yil davomida 3.67 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda boyitilgan 300 kg dan ortiq uranga ega bo‘lmaslikni zimmasiga oldi. Buning evaziga unga qarshi joriy etilgan sankitsiyalar bekor qilinadi.

Top