07:26 / 11.09.2015
2111

Finlyandiya muhojirlarga sarf-xarajatlar ko‘paygani tufayli boylar uchun soliqni oshirmoqchi

Finlyandiya hukumati sarmoyaning oshishidan olinadigan daromad va yuqori daromadga ega fuqarolardan olinadigan soliq miqdorini oshirish taklifi bilan chiqdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Aleksandr Stubb ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, olinadigan qo‘shimcha pullardan bir qismi muhojirlar tufayli oshib ketgan sarf-xarajatlarni qoplash uchun ishlatiladi.

Avvalroq Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Timo Soyni Yevropa Ittifoqi davlatlariga qochqinlar oqimini to‘xtatish kerakligini aytgan edi. Soyni Yevropa Ittifoqi hududi tashqarisida muhojirlar uchun lagerlar ochishga chaqirmoqda.

Top