Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonlik yigit selfi bo‘yicha rekord o‘rnatish uchun o‘z ishini tashladi
Hindistonning Haydarobod shahrida yashovchi yigit cheklangan vaqt ichida katta sondagi selfi olishni mashq qilish uchun ishidan bo‘shab ketdi. Bu haqda BuzzFeed sayti ma'lum qilmoqda.
Bxanu Prakash ismli yigit amerikancha futbol o‘yinchisi Patrik Petersonga tegishli soatiga 1449 marta selfiga olish bo‘yicha rekordni yangilashga qaror qildi. Yigit 18 sentabrga qadar soatiga 1800 ta selfi olishga erishmoqchi. Aynan shu sanaga uning jahon rekordini o‘rnatish rasmiy sanasi belgilangan. Nashr ushbu rekordni qaysi tashkilot qayd qilishini ma'lum qilmadi.
Bugungi kunda Prakash soatiga 1700 ta selfi olishga o‘rganib oldi. U o‘z qo‘llarini mashq qildirmoqda hamda selfi uchun shtativni uzoq davomida ushlab turishni mashq qilmoqda.
Prakash 2015 yilning avgustida smartfonga o‘z suratini olishga qiziqib qolgunga qadar farmatsevtika sohasini o‘rganib, shahar shifoxonasida ilmiy xodim bo‘lib ishlagan.
“Men ko‘chada ketayotganimda qandaydir bolalar aktyor Dueyn Jonsonning 3 daqiqa davomida 105 ta selfi olgan rekordini muhokama qilishayotgan edi. Uyga kelgach men jahon rekordlari qanday o‘rnatilishini aniqlashga tushib ketdim”, deb eslamoqda hindistonlik yigit.