Sport | 22:17 / 11.09.2015
6814
1 daqiqa o‘qiladi

Irkutsklik sportchi ayol tramvayni joyidan qo‘zg‘atdi

Irkutskda yashovchi Oksana Kosheleva 17,2 tonna og‘irlikka ega tramvay vagonini joyidan qo‘zg‘atdi, deb xabar bermoqda Flashsiberia nashri.

Ma'lum qilinishicha, Kosheleva Rossiyada vagonni joyidan qo‘zg‘ata olgan birinchi ayol bo‘ldi. Uning bu yutug‘i Rossiya rekordlar kitobiga kiritiladigan bo‘ldi.
Oksana Kosheleva pauerlifting (og‘ir vanzlarni ko‘tarish bo‘yicha sport turi) bo‘yicha sport ustasi hisoblanadi.