Jahon | 09:46 / 11.09.2015
3809
1 daqiqa o‘qiladi

Jon Kirbi: Vashingtonda Rossiyaning Suriyadagi harakatlari bo‘yicha savollar yig‘ilib qoldi

AQShdagilar Rossiyaning Suriyadagi harakatlari bo‘yicha izoh kutmoqda. Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati boshlig‘i Jon Kirbi brifing chog‘ida jurnalistlarga ma'lum qilgan.

AQShning tashqi siyosatini ifodalovchi vakilning tasdiqlashicha, "AQSh tomoni Rossiya va Suriya munosabatlarining harbiy sohada rivojlanib borayotganidan xavotirlanmoqda".

Kirbi bu borada batafsil ma'lumotlar berishni istamagan.

Amerikalik diplomat rasmiy Moskvadan Rossiyaning Suriyadagi navbatdagi "yurishlari" bo‘yicha aniqlik kiritishini talab qilish kerakligini bildirgan.

U AQShning Suriyadagi siyosiy inqiroz holatini qaysi yo‘l bilan (harbiy harakatlar yoki muzokaralar) hal qilinishi tarafdori ekani haqidagi savolga ham oydinlik kiritmagan.

Shu bilan birgalikda Kirbi AQSh Rossiyaning Suriyani harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashini ma'qul ko‘rmasligini bildirgan.

"Rossiya Bashar Asad rejimini qo‘llashni bas qilishi - eng samarali yo‘l bo‘ladi", deydi Jon Kirbi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish