01:56 / 11.09.2015
3187

Krishtianu Ronalduga 2014 yilning eng yaxshi to‘purari sovrini topshirildi

“Real Madrid” hujumchisi Krishtianu Ronalduga 2014 yilning eng sermahsul to‘purari uchun beriladigan sovrin topshirildi, deb xabar bermoqda “Real Madrid” rasmiy sayti.

Avvalroq IFFHS (Futbol tarixi va ko‘rsatkichlari xalqaro federatsiyasi) portugaliyalik futbolchini 2014 yilning eng yaxshi to‘purari deb topgan edi.

2014/2015 yilgi mavsumda Portugaliya terma jamoasi safida 5ta, Chempionlar ligasida 10ta, UYeFA Superkubogida 2ta hamda Ispaniya chempionatida 48ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi. 

Top