11:14 / 11.09.2015
3758

LG IFA 2015da o‘zining uyda hordiq chiqarish sohasidagi strategiyasi haqida gapirib berdi

LG premial OLED televizorlar ishlab chiqarish segmentidagi innovatsiyalarni rivojlantirish yo‘lidan bormoqda.
Berlinda o‘tayotgan IFA 2015 ko‘rgazmasidagi chiqishida LG Electronics (LG) kompaniyasi rahbarlaridan biri kompaniyaning yil oxirigacha OLED televizorlar xaridini joriy yilning boshidagidan ko‘ra 5 barobar ko‘proq sotish va LG OLED’ni televizorlarning yangi standartiga aylantirish bo‘yicha rejalarini haqida gapirib berdi.
LGHomeEntertainment kompaniyasi prezidenti o‘rinbosari va bosh menejyeri Brayan Kvon OLED televizorlardan daqiqasiga bittadan ortiq sotish uchun qo‘llaniladigan 4 marketing yo‘nalishlari haqida gapirib o‘tdi. Bu yo‘nalishlardagi ish LG’ning uyda hordiq chiqarish vositalari bozoridagi yetakchi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi: (1) jahon bozoridagi yetakchilik, (2) OLED televizorning bozordagi o‘rnin oshirish uchun keng miqyosli marketing kampaniyalarini o‘tkazish, (3) Smart televizorlar platformasi segmentida yetakchi pozitsiyalarni mustahkamlash hamda (4) audio va videomahsulotlardan ko‘riladigan daromadni oshirish.

OLED televizorlarning modellarini ko‘paytirish

Tasvirni qayta ishlash funksiyasiga (HDR) ega dunyodagi birinchi 4K OLED televizorni taklif qilarkan, LG bundan keyingi modellarga ham HDR texnologiyasini joriy qilib boradi. Kutilishicha, 4K OLED model dizayni, korpusning eng yupqa qismida 4. 8 mm qalinligi bilan xaridorlar diqqatini tortadi. LG yaqinda OLED televizorlarining ko‘plab yangi funksiyalarga, qiziqarli dizayn yechimlariga ega keng model diapazonini taklif eta oladi. LG mutasaddilarining ishonishicha, yangi OLED modellarining chiqishi e'lon qilinishi bilan xaridorlar unga yanada ko‘proq diqqat ajrata boshlaydi, bu esa televizor bozorida o‘sishga olib keladi.

Takomillashtirilgan marketing kampaniyalari

Kompaniya OLED televizorlari sotilishini oshirish hamda OLED ekranlar ishlab chiqarish, dunyoning eng yirik aeroportlariga ularni o‘rnatish bo‘yicha ekskursiyalar o‘tkazish borasida marketing kampaniyalariga mablag‘ kiritishni rejalashtirmoqda. LG OLED televizorlariga yetakchi tashkilotlar va asosiy nashrlarning ijobiy munosabati iste'molchilarga ham qiziq bo‘lishidan shubhalanmaydi. Yaqinda AQShdagi nashrlardan biri LG OLED televizorini yilning eng yaxshi televizori deb atadi, 65EG9600 modeli esa ValueElectronics maishiy texnika va elektronika sotuvchisi tomonidan “Televizorlar qiroli” deb tan olindi.

Smart televizorlar platformasi segmentida yetakchi pozitsiyalarni mustahkamlash

LG webOS platformasini kengaytirishda, Smart televizorlar uchun Netflix vaYouTube singari hamkorlaridan ko‘proq kontent, mahalliy ishlab chiqaruvchilardan filmlar, kontent va yangi ilovalar to‘plamlari taklif qilishda davom etadi. Kompaniya Amazon bilan hamkorlikda webOS 2.0da ishlaydigan televizorlarda kontentni HDR formatda uzatuvchi servisni ishga tushirishni, shuningdek, webOS 2.0 platformasining bepul funksiyalarini o‘z ichiga oluvchi webOS 1.0 dasturiy yangilanishni chiqarishni rejalashtirmoqda.

Audio va video segmentida ko‘riladigan daromadni oshirish

LG monitorlar, raqamli ekranlar va audio-videomahsulotlar bo‘linmasining daromadini oshirishga intilmoqda. Ultrayupqa ekranlarga ega raqamli ekranlar modellarini taqdim etarkan, kompaniya premium toifasidagi ekranlar yetkazib beruvchi sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlashni rejalashtirmoqda. U o‘zining tomonlar nisbati 21:9 bo‘lgan, 4K yechimni qo‘llab-quvvatlovchi yassi va qabariq monitorlarni taklif etishda davom etadi. Shuningdek, LG Bluetooth segmentida audiomahsulotlar taklifini kengaytiradi, model qatoriga qabariq saundbar va portativ dinamiklar qo‘shadi. Ularning chiqarilishi haqida IFA 2015 boshlanishidan biroz oldinroq aytilgan edi.

Reklama xuquqi asosida.

Top