14:02 / 11.09.2015
1797

Manuel Pellegrini - Angliya chempionatining avgust oyidagi eng yaxshi murabbiyi

"Manchester Siti" klubi klubi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Angliya Premer-ligasining avgust oyidagi eng yaxshi murabbiyi deya, e'tirof etildi. Bu haqida Manchester klubi matbuot xizmati xabar tarqatgan.

61 yoshli chililik mutaxassisning murabbiyligida "shaharliklar" Angliya chempionatini muvaffaqiyatli boshlashdi va dastlabki to‘rt turda to‘rtta g‘alabaga erishishdi.

Qolaversa, "Manchester Siti" bu uchrashuvlar mobaynida raqiblar darvozalariga 10 marta to‘p kiritib, bironta gol o‘tkazib yubormadi.

Top