Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhojirni chalib yiqitgan vengr jurnalisti Petra Lazlo qilmishlari uchun uzr so‘radi
Qizini qo‘liga ko‘tarib olib chegarachilardan qochib ketishga urinayotgan suriyalik qochqinni chalib yiqitgan vengr jurnalisti Petra Lazlo o‘z qilmishi uchun uzr so‘radi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu paytda shok holatida bo‘lgani uchun nima qilayotganini ongli ravishda tushunib yeta olmagan.
Vengriyaning N1TV yangiliklar telekanali sobiq xodimasi Petra Lazlo o‘zi muallifligidagi reportajni tasvirga olayotgan vaqtda yuzlab muhojirlar politsiya halqasini yorib o‘tib, turli tomonga yugurishni boshlagan. Ularda biri qizchasini ko‘targan holda u tomonga kela boshlagan.
U aybini inkor qilishni rejalashtirmayapti va o‘z xatti-harakatlari uchun javob berishga tayyor ekanini ma'lum qilindi.
Ayni paytda Petra ishsiz yolg‘iz ona bo‘lsa ham, uning harakatidan jabr ko‘rgan ota va qiziga yordam berishga tayyor ekanini aytgan.
Ayni paytda jurnalist ayol hamkasblari tomonidan unga nisbatan bildirilgan salbiy fikrlar, uning irqchilik va bolalar bilan shafqatsiz muomalada ayblangani sababli turli anonim nomlar bilan tahdidlar uyushtirilayotganini ma'lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 8 sentabr kuni Lazlo Serbiya bilan chegaradagi Rojke qishlog‘i yaqinida politsiyadan qochayotgan muhojirlardan birini tepib yiqitgani tasvirlangan lavha jamoatchilikning noroziligini keltirib chiqarganidan so‘ng ishdan bo‘shatildi.
Keyinroq, Vengriya prokuraturasi N1TV telekanalining sobiq xodimi, qizini ko‘tarib politsiyadan qochayotgan suriyalik muhojirni chalib yiqitgan Petra Lazloga nisbatan bezorilik bo‘yicha ish ochdi.
Uning jabrlanuvchisi Suriyadagi futbol klubining sobiq murabbiyi bo‘lib chiqqan.