09:52 / 11.09.2015
2632

OAV: Seul sudi AQSh elchisiga hujum qilgan fuqaroni 12 yillik qamoq jazosiga hukm qildi

Janubiy Koreya sudi AQSh elchisi Mark Lippertga hujum qilgan Seul fuqarosini 12 yillik qamoq jazosiga hukm qildi, deya xabar bermoqda France Presse.

Lippertga 2015 yilning 5 mart kuni hujum uyushtirilgan edi. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, ustara bilan qurollangan Kim Gi Chjon ismli koreys fuqarosi qirol Sejong nomidagi madaniyat markazida ma'ruza qilishga kelgan amerikalik diplomatga bir necha bor jarohat yetkazgan

Ayblovchilar tomoni fikriga ko‘ra, Kim Gi Chjon Amerika elchisiga hujum uyushtirish borasidagi qo‘llanmalarni Pxenyandan olgan. Aybdorning o‘zi buni keskin rad etgan. KXDR esa hodisa sodir bo‘lgan o‘sha kunning o‘zidayoq hodisaga aloqador emasligini ma'lum qilgan edi.

Kasalxonada shifokorlar Lippertda beshta, shu jumladan, chap yuzidagi uzunligi 11, chuqurligi 3 santimetr bo‘lgan jarohatni sanashgan. Jarohatlar diplomatning chap qo‘li va barmoqlarida ham bor edi. Jarrohlik amaliyoti chog‘ida shifokorlar 80dan ziyod choklar tikishdi.

2010 yil iyul oyida urushga qarshi “Urimadan” fuqarolik tashkiloti a'zosi bo‘lgan Kim Gi Chjon yapon elchisi Tosinori Sigeiega g‘isht parchasini uloqtirgan edi.

Top