08:52 / 11.09.2015
4504

OAV: yil oxirigacha Ukraina Yerning aylanishidan elektr quvvati ola boshlaydi

“Ukrainaning yangi energiyasi” alyansi kelajakda Yerning aylanishidan elektr quvvati olish imkonini beradigan texnologiya ustida ish olib bormoqda. Bu haqda mahalliy matbuotda yozildi.

“Bu o‘ziga xos geostansiya bo‘ladi, - dedi alyans boshlig‘i Valeriy Borovik. – Tasavvur qiling, uyingizda javon turibdi, va siz hech narsaga ulanmay, faqatgina Yerning aylanishi hisobiga 100 kVt olasiz”. Uning aytishicha, birinchi tajriba uskunasi shu yilning oxirigacha quriladi.

Shunga o‘xshash loyiha ilgari NASA va Chikago universiteti xodimlari tomonidan yaratilayotgan edi. Ammo bu boradagi tadqiqotlar hali chop etilmagan.

Top