12:06 / 11.09.2015
6104

Obama Davlat departamentining Rossiya samolyotlarining Suriyaga borishiga to‘sqinlik qilayotganidan norozi

AQSh prezidenti Barak Obama Davlat departamentining Rossiyadan Suriyaga Gretsiya va Bolgariya havo hududi orqali uchayotgan samolyotlarning yo‘lini to‘sish bo‘yicha kelishilmay amalga oshirgan chora-tadbirlaridan noroziligini aytdi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

Kelajakda bu kabi holatlarning oldini olish uchun Obama milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilariga murosali harakat rejasini ishlab chiqishga ko‘rsatma berdi.
O‘z navbatida, Oq Uydagi milliy xavfsizlik kengashi a'zolari bu borada yagona qarorga kela olmayapti:

ayrimlar Suriya masalasida Rossiya bilan qarama-qarshilikni davom ettirish tarafdori bo‘lsa, boshqalar IShIDga qarshi kurashda Moskvaning yordamidan foydalanishga chaqirmoqda.

Top