Sport | 06:22 / 11.09.2015
7673
2 daqiqa o‘qiladi

Ostonalik 9 yoshli o‘quvchi Qozoq xonligi yubileyi sharafiga 550 marta poldan qo‘llarida badanini tushirib-ko‘tardi

Qozoq xonligining 550 yillik yubileyi sharafiga ostonalik 9 yoshli maktab o‘quvchisi Amir Mahmet 550 marta poldan qo‘llarida badanini tushirib-ko‘tardi (otjimaniye). Shu tariqa bola Qozog‘iston rekordlar kitobining uch karra rekordchisiga aylandi.

Amir o‘zining birinchi rekordini joriy yilning 1 iyunida o‘rnatdi. O‘quvchi Bolalarni himoya qilish bayramining nishonlanishini doirasida o‘tkazilgan Street Workout tadbiri yozgi mavsumining ochilish marosimida ishtirok etdi va 450 marta otjimaniye qildi.

Keyingi safar Amir vaqtga otjimaniye qildi: bola 30 soniya ichida 50 ta otjimaniye qildi.
Navbatdagi galda o‘quvchi 550 marta otjimaniye qilib, o‘z rekordini Qozoq xonligining 550 yilligiga bag‘ishladi. Rekord Qozog‘iston rekordlar kitobining vakili tomonidan rasman qayd etildi.

Olimpiya chempionlari Ilya Ilin, Serik Sapiyev, Qozog‘iston MMA (Aralash jang san'atlari) federatsiyasi prezidenti Anatoliy Kim hamda karate va MMA bo‘yicha jahon chempioni Aydar Maxmetov ushbu rekord o‘rnatilishi tadbirining maxsus mehmonlari sifatida ishtirok etdilar.