09:05 / 11.09.2015
4383

Poroshenko: AQSh va Yevropa jangovar armiya yo‘qligi bois Ukrainaga harbiy yordam berishdan bosh tortdi

AQSh va Yevropa Ukrainaga harbiy yordam berishdan bosh tortganligining sababi ushbu mamlakat armiyasida kerakli kadrlarning yo‘qligi bo‘ldi. Bu haqda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning so‘zlariga tayangan holda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

“Bir yil muqaddam do‘stlarimiz yo‘q edi, bizga hech kim ishonmas edi. Hozir men vaziyatni oydinlashtira olaman. Biz amerikalik va yevropalik hamkasblarimizni taklif qilib, ulardan harbiy yordam so‘ragandim, lekin rad javobini eshitib biroz sarosimaga tushgandim: yo‘q, biz sizga yordam bera olmaymiz, dedi ular”, - ta'kidladi Poroshenko.

Bunga sabab sifatida yevropaliklar Ukrainada jangovar armiyaning yo‘qligini ko‘rsatgan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yangi armiyani tuzishda asosiy rolni ko‘ngillilar o‘ynagan.

Top