Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko: Rossiya Suriyada Yaqin Sharqdagi vaziyatni beqarorlashtiruvchi “yashil odamchalar”ni sonini ko‘paytirmoqda
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya harbiylarining Suriyada faoliyat olib borayotganiga qarshi fikr bildirdi.
“Suriyaga Yaqin Sharqda zo‘ravonlikning kengayishi, buning natijasida Yevropada qochqinlar sonining ortishiga sabab bo‘ladigan Rossiyaning “yashil odamchalari” joylashtirilmoqda”, – dedi Poroshenko Kiyevda bo‘lib o‘tgan yillik Yalta Yevropa strategiyasi (YES) uchrashuvida..
Yaqinda bo‘lib o‘tgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriyadagi Rossiya harbiylari bir necha yillardan buyon mavjud ekanini ma'lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Suriyaga o‘q otar qurollar, granatomyotlar, BTR-82A bronetransportyorlari, “Ural” harbiy yuk mashinalari va Suriya armiyasi shaxsiy tarkibining muayyan joydagi harbiy harakatlari va ularning ko‘chirilishi uchun zarur bo‘lgan boshqa turdagi qurollarini yetkazib berishi xabar qilingan edi.
Bu boradagi kelishuvlarning bir qismi Damashq tomonidan to‘langan, biroq Moskva va Isroil hukumati o‘rtasida o‘tkazilgan maslahatlashuvlardan so‘ng yetkazib bermaslikka qaror qilingan S-300PMU-2 havo hujumidan mudofaa qurolining yetkazilishi uchun bo‘nak sifatida taqdim etilgan mablag‘lar evaziga amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, BMT ma'lumotiga ko‘ra, Suriyadagi qariyb besh yildan buyon davom etib kelayotgan qurolli mojarolar boshlanganidan buyon 4 mln suriyalik – ularning yarmi bolalardir – o‘z vatanini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Ayni paytda Yevropada kun kechirayotgan qochqinlarning aksariyati suriyaliklardir.