Jahon | 01:00 / 11.09.2015
2645
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko rossiyaliklarga Ukrainada telekompaniyalar yaratishni taqiqlovchi qonunni imzoladi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya kompaniyalari va fuqarolariga Ukrainada telekompaniyalar yaratishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Bu haqda Ukraina prezidenti saytida ma'lum qilindi.

Taqiqlov telekompaniyalarni boshqarishga ham tegishli. Tegishli qonun loyihasi 3 sentabrda Ukraina Oliy radasi deputatlari tomonidan qabul qilindi.

Qonun Ukraina tele- va radiokompaniyalari va dasturiy xizmatlar ko‘rsatuvchi provayderlarga mulkning haqiqiy tuzilishi haqida ma'lumotni oshkor etish va mulkdorning yakuniy benefitsiari haqida ma'lumot taqdim qilish majburiyatini qo‘yadi.

Bundan tashqari, ushbu qonun bilan ofshor tuzilmalar tomonidan telekompaniyalar yaratish ham taqiqlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish