Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Profi Education» respublika va xalqaro fan olimpiadalariga bepul tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini yaratdi
2015 yilda «Profi Education» bilimli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va Vatanimiz dovrug‘ini yanada yuksaklarga ko‘tarish maqsadida yana bir ulkan loyihaga qo‘l urdi. Bu loyihada litsey yoki kollejning 1, 2 va 3-bosqichida tahsil olayotgan va fizika, matematika, tarix fanlari bo‘yicha olimpiadada ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘quvchilar qatnashishi mumkin. Ushbu fanlar bo‘yicha respublikaning eng ko‘zga ko‘ringan mutaxassislari ta'lim beradi. Quyida tanlov shartlari va mutaxassislarning ilmiy faoliyatlari haqida to‘liqroq tanishishingiz mumkin.
Bekzod USMANOV

Namangan viloyatida tug‘ilgan.
1999—2003 yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti bakalavr bosqichida tahsil olgan.
2004—2006 yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bosqichida tahsil olgan.
2003—2008 yillar Mirzo Ulug‘bek nomidagi akademik litseyda tarix fani o‘qituvchisi.
2007—2010 yillar O‘z FA tarix instituti aspiranti.
2008—2011 yillar JIDU akademik litseyida tarix fani o‘qituvchisi.
2013, 2014, 2015 yillardagi tarix fani bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiadaning respublika bosqichida shogirdlari ketma-ket birinchi o‘rinni egallagan.
2011 yildan buyon «Profi Education»da tarix fani o‘qituvchisi.
Sherzod DUSTOV

Samarqand viloyatida tug‘ilgan.
1993—1998 yillarda Samarqand davlat universitetining mexanika-matematika fakultetida tahsil olgan.
2008 yilda Sherzod Dustovning o‘quvchisi Diyora Salimova Ispaniyada o‘tgan xalqaro olimpiadada bronza medal sohibi va shu yilning o‘zida Buyuk Ipak Yo‘li olimpiadasida kumush medal sohibi bo‘lgan.
2009 yilda Diyora Salimova Germaniyada o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada kumush medal va shu yilning o‘zida Buyuk Ipak Yo‘li olimpiadasida oltin medal sohibi bo‘ldi.
2010 yilda Qozog‘istonda tashkil etilgan xalqaro olimpiadada Sherzod Dustovning bir yo‘la to‘rt o‘quvchisi Ibrohimbek Akramov, Umidaxon Jurayeva, Zarif Ibragimov, Jafar Abdurahimovlar kumush medal sohibi bo‘lishdi.
2012 yilda Sherzod Dustov «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.
2012 yildan beri «Profi Education»da matematika fani o‘qituvchisi.
Suxrob TeLYaYeV

Buxoro viloyatida tug‘ilgan.
2004—2008 yillarda Buxoro davlat universiteti fizika-matematika fakulteti bakalavr bosqichida tahsil olgan.
2008 yil fizika fanidan talabalar o‘rtasidagi olimpiadada respublika bosqichi g‘olibi va DAAD xalqaro stipendiyasi sohibi.
2008—2010 O‘zbekiston Milliy universiteti magistratura bosqichida tahsil olgan.
2010-2013 yillari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi ion plazma va lazerli texnologiyalar instituti doktoranti.
2013—2014 yillar Georg Avgust Universiteti, uchinchi fizika instituti doktoranti. (Gyottingen, Germaniya)
Fizika bo‘yicha respublika va xalqaro olimpiadalarda ko‘plab o‘quvchilarni g‘oliblik shohsupasiga olib chiqqan.
2012 yildan beri «Profi Education»da fizika o‘qituvchisi.
Tanlov shartlari
Test orqali yuqori natijaga ega 200 nafar ishtirokchi* saralab olinadi;
15 kunlik bepul uzluksiz o‘quv mashg‘ulotlaridan so‘ng saralash imtihoni o‘tkaziladi;
Saralash imtihonidan o‘tgan 9 nafar o‘quvchi olimpiadaga bepul tayyorlanish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.**
Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar shu yilning 15 sentabriga qadar «Profi Education»ga kelib ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
*Ishtirokchilar kollej yoki litseyning 1, 2, 3-bosqich o‘quvchilari bo‘lishi shart;
**Keyingi imtihonlar har 15 kunda tashkil etiladi, agar ishtirokchining ko‘rsatkichi pasayib ketsa, bepul tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatidan mahrum etiladi.
Telefonlar: 0 (371) 249-20-01, 0 (371) 244-06-60.
Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan. «Profi Education» NTM xizmat ko‘rsatadi