08:38 / 11.09.2015
2385

Qochqinlar Yevropa Ittifoqiga internet, GPS va ijtimoiy tarmoqlar orqali kelishmoqda

Iroqlik va suriyalik qochqinlar Yevropa Ittifoqiga iloji boricha tezroq va qulayroq kelish uchun internet, GPS va ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanmoqda, deb xabar bermoqda Al Arabiya telekanali.

Muhojirlar ijtimoiy tarmoqlardan yo‘nalish, to‘xtash joylari, do‘konlar va qochqin sifatida davlat rasmiylashtiruvidan o‘tish, kontrabandachilar bilan muomala qilish haqida axborot izlash hamda tezkor ma'lumot bilan bo‘lishishda foydalanishmoqda.

Muhojirlar uyali aloqa va GPS’dan Egey dengizi orqali Turkiyadan Gretsiya qirg‘oqlarigacha yo‘lni tuzish va xavfli vaziyatlar paydo bo‘lganda sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati bilan bog‘lanadigan arab diasporasi ko‘ngillilaridan yordam olishda foydalanadilar.

Avvalroq Yevropaga kelgan suriyalik muhojirlar soni 100 mingdan oshib ketgani hamda 160 ming muhojirni Yevropa Ittifoqining 28 ta davlati orasida ikki yil davomida taqsimlash rejasi qabul qilingani ma'lum qilingan edi.

Top