Jamiyat | 16:59 / 11.09.2015
5014
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya fuqarosi eshikdagi kalit bog‘ichiga osilib jon berdi

Rossiyaning Xakasiya respublikasi Abakan shahrida yashovchi fuqaroning o‘limi yuzasidan olib borilgan tergov natijalari uning eshikni kalit bilan ochib kirish jarayonida tasodifan bo‘yniga ilingan kalit bog‘ichiga osilib vafot etganini ko‘rsatdi, deya xabar berdi juma, 11 sentabr kuni Xakasiya Tergov qo‘mitasining tergov komissiyasi matbuot xizmati.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, kalit bog‘ichga bog‘langan holda vafot etgan shaxsning bo‘yniga osilgan bo‘lgan. Erkak kishi mast holatda xonadon eshigini ochayotgan vaqtda ham kalit uning bo‘ynida ilingan edi.
“Eshikni ochar ekan, kalitni qulfdan olmasdan turib ichkariga kirmoqchi bo‘ladi va yiqilib, bo‘ynidagi bog‘ichga o‘z tanasining og‘irligi sababli osilgan holda jon beradi.

Erkak kishining o‘limi mexanik asfiksiya (kislorod yetishmasligi) natijasida yuzaga kelgan”, – deyiladi xabarda.