Iqtisodiyot | 16:55 / 11.09.2015
3257
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya markaziy banki asosiy stavkani 11 foiz darajasida ushlab qoldi

Rossiya markaziy banki asosiy stavkani 11 foiz darajasida ushlab qoldi. Bu haqda moliyaviy regulyatorning sayti orqali xabar qilindi.

Joriy yilning boshidan buyon bank asosiy stavkani uch bora tushirgan edi. Oxirgi marta, 3 avgust kuni u 0.5 punktga tushirilib, 11 foizni tashkil qilgan edi.
Ekspertlar shunday qaror qabul qilinishini kutayotgan edilar.