Jahon | 11:29 / 11.09.2015
3456
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili: Rossiya so‘nggi 20 yil ichida taktik yadro qurollar sonini 4 barobarga qisqartirdi

Rossiya davlatlarni yadro qurollarini o‘z hududidan tashqariga joylashtirmaslikka chaqirib, bu ommaviy qirg‘in qurollari tarqalib ketishini nazorat qilishga yordam beradi, deb hisoblaydi. Bu haqda juma, 11 sentabr kuni Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili Vladimir Safronkov Yadroviy qurollarning sinalishiga qarshi harakat qilish xalqaro kuni munosabati bilan tashkil etilgan Bosh assambleyasining norasmiy yig‘ilishida ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yadroviy qurolsizlanishning ashaddiy tarafdori bo‘lib, mazkur sohada AQSh bilan ikki tomonlama shartnomalar imzolagan.

“Biz mazkur masala yuzasidan amaliy muloqotga tayyormiz, biroq bunday muloqot, aynan amaliy suhbat faqatgina davlatlar o‘z xavfsizligini boshqa mamlakatlar xavfsizligi hisobiga ta'minlashdan voz kechgan taqdirda samara keltirishi mumkin. Hozircha vaziyat teskarisini ko‘rsatib turibdi va dunyo siyosat maydonida shu bilan bog‘liq salbiy omillar to‘planishi sodir bo‘lmoqda”, – dedi diplomat.

Uning aytishicha, “bugungi muhim uchrashuvda muhokama qilinayotganlarni hal etish yuzasidan xalqaro bosimni kuchaytirish ayrim mamlakatlarning yadro qurollarini o‘z milliy hududiga joylashtirib, xorijdagi infratuzilmalarni tugatish va buzib tashlanishiga yordam berardi”.

Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili Rossiya so‘nggi 20 yil ichida taktik yadroviy qurollar omborini to‘rt barobarga qisqartirganini aytib o‘tdi. “Strategik hujumkor qurollar hajmi esa 5 barobarga kamaydi. Rossiyaning barcha taktik yadro qurollari milliy hududlar chegarasida joylashgan bo‘lib, mamlakatning yuqori darajali xavfsizligini ta'minlaydi”, – dedi Safronkov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish