Jamiyat | 01:53 / 11.09.2015
2388
1 daqiqa o‘qiladi

Shanxay Disneylendi atrofidagi havoni ifloslantirayotgan korxonalar yopiladi

Shanxaydagi Disneylend atrofidagi 150dan oshiq korxonalar atmosferani zararlantirib, bo‘lajak tashrif buyuruvchilarga ko‘m-ko‘k osmonni tomosha qilishga to‘sqinlik qilmasligi uchun yopib qo‘yiladi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar bermoqda.

Bog‘ning ochilishi 2016 yilning bahoriga rejalashtirilgan.

Shanxay munitsipial komissiyasi Disneylend hududidagi ob-havoning tozaligini saqlash maqsadida 153ta korxona yopilishi kerakligini e'lon qildi. Hozirda komissiya korxona egalari tovon puli olishi haqida hech qanday ma'lumot bermagan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish